Jahon | 11:02 / 28.03.2021
5480
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadada noma'lum shaxs kutubxonadagi odamlarga hujum qildi

Kanadaning Nort-Vankuver shahrida noma'lum erkakning kutubxonadagi odamlarga hujum qilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 6 kishi yaralandi.

Voqea guvohlarining ta'kidlashicha, erkak uzun pichoqqa o‘xshash buyum bilan qurollangan bo‘lgan. U politsiya tomonidan qo‘lga olingan. 

Politsiyada ta'kidlanishicha, jinoyatchi bir o‘zi harakat qilgan. Hujum oqibatida bir ayol halok bo‘lgan.  

Jinoyatchining shaxsi ochiqlanmayapti. Shunisi ma'lumki, u 20 yoshli yigit bo‘lib, uning hujum qilishi sabablari aniqlashtirilmoqda. Politsiya guvohlardan huquq-tartibot idoralari bilan bog‘lanishni va tergovga yordam ko‘rsatishni so‘ragan.

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo halok bo‘lgan ayolning yaqinlariga hamdardlik bildirgan va jarohatlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishni tilagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid