O‘zbekiston | 07:47 / 29.03.2021
6194
2 daqiqa o‘qiladi

29 mart kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

29 mart kuni O‘zbekiston hududiga sovuq havo massasi kirib keldi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba'zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 6-11 daraja iliqqacha pasayadi.

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 6-8 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba'zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid