Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda koronavirusga qarshi emlashning birinchi bosqichi boshlanmoqda
Bugun, 29 mart kuni Qirg‘izistonda Xitoyda ishlab chiqarilgan «SinoPharm» vaksinasi bilan SOVID-19 infeksiyasiga qarshi emlashning birinchi bosqichi boshlandi.
«Kabar» axborot agentligining xabar berishicha, birinchi vaksinalar Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vaziri Alimqodir Beyshenaliyev va uning o‘rinbosarlari tomonidan qabul qilingan.
Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri brifingda Xitoy vaksinasining samaradorligi yuqori va hech qanday nojo‘ya ta'sirlarni keltirib chiqarmaganini aytib o‘tgan.
Emlash ikki marta, 25—28 kun oralig‘ida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Qirg‘iziston immunoprofilaktika markazi direktori Gulbara Ishenapisovaning ma'lum qilishicha, emlashning birinchi bosqichida Xitoyning «SinoPharm» vaksinasi bilan 75 ming kishi emlanadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 19 mart kuni Xitoydan 150 ming doza vaksina mamlakatga olib kelingan.
«Emlashning birinchi bosqichida intensiv terapiya bo‘limlari shifokorlari, tez yordam xodimlari va epidemiyada ish olib borayotgan epidemiologlar emlanadi. Shuningdek, emlash o‘qituvchilar, bojxona va ichki ishlar xodimlari orasida ham amalga oshiriladi», — dedi Gulbara Ishenapisova.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026