Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida «Damas» mashinasi «ZIL» yuk mashinasiga borib urilgan. Oqibatda «Damas» haydovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 25 mart kuni 4R 238 davlat ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumani «Oqtepa» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi 18-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. «Damas» mashinasi «ZIL» yuk mashinasiga borib urilgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasida Bulung‘ur tumani «Zarafshon» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi «Damas» haydovchisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi ochilib, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan marhum yashagan «Zarafshon» MFYda aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borilgan.
Mavzuga oid
13:39 / 21.01.2026
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
17:23 / 17.01.2026