O‘zbekiston | 09:40 / 31.03.2021
4419
3 daqiqa o‘qiladi

Avtomobil yo‘llaridan foydalanish bo‘yicha yangi korxonalar tashkil etiladi

Foto: KUN.UZ

“Xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini ta'mirlash va saqlash ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e'lon qilindi.

Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini yanada rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

  • mintaqaviy avtomobil yo‘llarining mavjud tarmog‘i saqlanishini muvofiqlashtirish, ularning yuqori transport-foydalanish darajasida bo‘lishini ta'minlash;
  • hududlarning zamonaviy yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
  • mavjud mintaqaviy avtomobil yo‘llarini qayta tiklash bo‘yicha ta'mirlash ishlarini olib borish orqali yo‘l tarmog‘i xavfsizligini ta'minlash;
  • mintaqaviy avtomobil yo‘llarini saqlash (ekspluatatsiya qilish) xususiyatlari oshirilishini hisobga olgan holda, yo‘l qurilish materiallarini ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari va yo‘l qoplamalarini ta'mirlashning innovatsion usullarini joriy etish;
  • mintaqaviy avtomobil yo‘llarini ta'mirlash va saqlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni malakali mutaxassislar, muhandis-texnik va ishlab chiqarish xodimlari bilan ta'minlash;
  • mintaqaviy avtomobil yo‘llarini ta'mirlash va saqlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining respublika shaharlari va tumanlaridagi Obodonlashtirish boshqarmalari tarkibida “Mintaqaviy avtomobil yo‘llaridan foydalanish” unitar korxonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Shaharsozlik me'yorlari va qoidalariga muvofiq mintaqaviy avtomobil yo‘llarini saqlash, ulardan foydalanish va joriy ta'mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish korxonalarning asosiy vazifasi etib belgilanadi.

Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini saqlash, ulardan foydalanish va joriy ta'mirlash ishlarining moliyalashtirish manbalari etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Moliya bosh boshqarmalari huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjet mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid