Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDRdagi og‘ir vaziyat sababli 12 mamlakat elchixonasi yopildi
O‘ta qat'iy cheklovlar, zarur mahsulotlarning yetishmasligi xorijlik diplomatlarning mamlakatni tark etishiga sabab bo‘lmoqda.
Foto: Reuters
KXDRdagi og‘ir vaziyat sababli 12ta davlat elchixonasi faoliyatini to‘xtatdi, xalqaro tashkilotlar xodimlari mamlakatni tark etdi. Bu haqda Rossiyaning Pxenyandagi elchixonasi ma'lum qildi.
Xabar qilinishicha, 18 mart kuni mamlakatni 38 nafar xorij fuqarosi tark etgan va bu «KXDRdan diplomatik missiyalar xodimlarining ommaviy ravishda birinchi marta chiqib ketishi emas».
«Koreya poytaxtini tark etayotganlarni tushunish mumkin – o‘ta qat'iy cheklovlar, zarur mahsulotlar, jumladan, dori-darmon tanqisligi, salomatlik bilan bog‘liq muammolarni hal qilish imkoniyati yo‘qligiga hamma ham chiday olmaydi», – deyiladi elchixona bayonotida.
Qayd etilishicha, «Buyuk Britaniya, Venesuela, Braziliya, Germaniya, Italiya, Nigeriya, Pokiston, Polsha, Chexiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Fransiya elchixonalari darvozasiga qulf osilgan, xalqaro insonparvarlik tashkilotlarining barcha chet ellik xodimlari mamlakatni tark etgan».
Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda mamlakatda to‘qqiz nafar elchi va to‘rt nafar ishonchli vakil o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026