Olimlar kimlar koronavirusga oson chalinishini aniqlashdi
Ma'lum bo‘lishicha, koronavirusga topshirgan testi natijasi musbat chiqqanlarning aksariyati semizlik yoki 2-turdagi qandli diabetga chalingan odamlar bo‘lgan.
Merilend universiteti olimlari 2-turdagi qandli diabet kasalligi bo‘lgan bemorlar va ortiqcha vaznga ega odamlarning koronavirus yuqtirishi xavfi yuqori ekanini aniqlashdi. Bu haqda «PLOS ONE» jurnalida e'lon qilingan tadqiqot xulosasida ma'lum qilindi.
Tadqiqotchilar Britaniya biobankidagi yoshi 40dan yuqori bo‘lgan 500 ming kishi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tahlil qilishdi.
Ular koronavirus bilan og‘rigan va tuzalib ketganlarning salomatlik ko‘rsatkichlarini solishtirishdi. Ma'lum bo‘lishicha, koronavirusga topshirgan testi natijasi musbat chiqqanlarning aksariyati semizlik yoki 2-turdagi qandli diabetga chalingan odamlar bo‘lgan.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ma'lum bir kardiometabolik omillar insonni koronavirusdan yoki himoya qiladi, yoki infeksiyaga oson chalinadigan qilib qo‘yadi. Ammo tadqiqotda koronavirus infeksiyasini nima chaqirishi mumkinligiga aniq javob berilmagan.
Mavzuga oid
23:36 / 19.09.2024
Olimlar Xitoydagi Uxan bozori koronavirusning dastlabki o‘chog‘i bo‘lganini isbotladi
13:54 / 18.09.2024
Koronavirusning yangi varianti XeC tarqalmoqda: u oldingilaridan qanday farq qiladi?
21:46 / 20.08.2024
Maymunchechak epidemiyasi koronavirus kabi jiddiy muammo emas – JSST
09:57 / 10.08.2024