Merilend universiteti olimlari 2-turdagi qandli diabet kasalligi bölgan bemorlar va ortiqça vaznga ega odamlarning koronavirus yuqtirişi xavfi yuqori ekanini aniqlaşdi. Bu haqda «PLOS ONE» jurnalida e'lon qilingan tadqiqot xulosasida ma'lum qilindi.
Tadqiqotçilar Britaniya biobankidagi yoşi 40dan yuqori bölgan 500 ming kişi töğrisidagi ma'lumotlarni tahlil qilişdi.
Ular koronavirus bilan oğrigan va tuzalib ketganlarning salomatlik körsatkiçlarini soliştirişdi. Ma'lum bölişiça, koronavirusga topşirgan testi natijasi musbat çiqqanlarning aksariyati semizlik yoki 2-turdagi qandli diabetga çalingan odamlar bölgan.
Olimlarning sözlariga köra, ma'lum bir kardiometabolik omillar insonni koronavirusdan yoki himoya qiladi, yoki infeksiyaga oson çalinadigan qilib qöyadi. Ammo tadqiqotda koronavirus infeksiyasini nima çaqirişi mumkinligiga aniq javob berilmagan.












