Jahon | 23:30 / 05.04.2021
2877
2 daqiqa o‘qiladi

Angliyada 12 apreldan karantin cheklovlari yumshatiladi

Shu bilan birga, Buyuk Britaniya bosh vaziri angliyaliklarni hushyorlikni yo‘qotmaslikka va tavsiyalarga amal qilishga hamda koronavirusga qarshi emlanishga chaqirdi. 

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Angliyada 12 apreldan pablar, do‘konlar, sport zallari, sartaroshxonalar va boshqa xizmat ko‘rsatish sohasi obektlari faoliyat boshlashini tasdiqladi.

"Xalq sa'y-harakati va vaksina yetkazilishi natijasi o‘laroq, 12 apreldan rejamizning ikkinchi bosqichiga o‘tishimizni – do‘konlar, sport zallari, hayvonot bog‘lari, kempinglar, sartaroshxonalar va pablar ochilishini hamda ochiq havoda har qanday tadbirlar o‘tkazilishini tasdiqlayman", - deb ma'lum qildi Jonson.

Bundan tashqari, Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, endilikda qariyalar uyidagi qarindoshlarini ko‘rish uchun bir emas, ikki kishi kelishi mumkin.

Bosh vazir mamlakatdagi koronavirus bo‘yicha mavjud ma'lumotlar cheklovlar yumshatilishini "to‘liq oqlashi"ni aytdi.

Shu bilan birga, u angliyaliklarni hushyorlikni yo‘qotmaslikka va tavsiyalarga amal qilishga hamda koronavirusga qarshi emlanishga chaqirdi. 

Buyuk Britaniyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 4,3 milliondan oshgan, 126,8 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid