O‘zbekiston | 17:53 / 05.04.2021
5290
2 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyatining barcha hududlari jamoat transporti bilan ta'minlanadi

Namangan viloyatining chekka hududlari jamoat transporti bilan ta'minlanadi, bu markazlar bilan bog‘lash maqsadida amalga oshiriladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Namangan viloyati bo‘ylab 382ta avtobus, 50dan ortiq mikroavtobuslar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Viloyatda jami 443ta tadbirkorlik sub'yektlari yo‘lovchi va yuk tashish sohasida faoliyat yuritmoqda.

Namangan viloyati hokimligi, viloyat transport boshqarmasi tomonidan ro‘yxat shakllantirilgan bo‘lib, unga ko‘ra viloyatda 800ta avtobusga ehtiyoj bor. Hokimlik tomonidan tadbirkorlarni jalb etgan holda avtobuslar sotib olinyapti. 2021 yil yakuniga qadar tadbirkorlar tomonidan yana 150ta avtobus hamda 200dan ortiq mikroavtobuslar sotib olinishi rejalashtirilgan.

Viloyatning olis va chekka hududlarida, qishloqlarni tuman markazlari, tuman markazlarini esa shahar markazlari bilan bog‘lovchi yo‘nalishlarda jamoat transporti qatnovi tashkil etiladi.

Ayni paytda "Turon MBI-95" MChJ tomonidan 6 mlrd 144 mln so‘m bank krediti mablag‘lari asosida “Samavto” zavodining Namangandagi filialidan 20 dona ISUZU avtobuslarini sotib olish bo‘yicha tuzilgan shartnoma doirasida 16ta avtobus tashuvchiga yetkazib berildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid