Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda qariyb 18 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi
Kadastr agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan xatlovda ekin yerlari, ko‘p yillik daraxtzorlar o‘rni va qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi.

So‘nggi 3 oy davomida o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, 47,9 gektar maydonda yerga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmagan 652 nafar jismoniy shaxs aniqlangan va ulardan jarimalar undirilgan.

Bundan tashqari, 402ta holatda 17,88 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlangan. Shundan 6,85 gektariga uy-joy, 1,25 gektariga noturar joy qurilgan, 0,08 gektariga baliq hovuzi qazilgan va 8,24 gektari boshqa maqsadlarda egallangan.

Yer maydonlarining 17 gektari ekin yerlar, 0,58 gektari ko‘p yillik daraxtzorlar o‘rni, 1,21 gektari qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlardir.

Aniqlangan holatlarni bartaraf etish yuzasidan qonunbuzilishi holatini sodir etgan shaxslarga 402ta yozma ko‘rsatmalar berilgan, mahalliy hokimliklarga 310ta taqdimnomalar kiritilgan va prokuratura organlariga xabar berilgan. Qonunbuzilishi bo‘yicha 57ta holat joyida bartaraf etilgan.
Mavzuga oid
09:23 / 17.12.2025
Fermer xo‘jaligi yerini o‘zboshimchalik bilan egallab, sotishga uringanlar ushlandi
15:34 / 11.12.2025
Xorazmda “O‘zbekiston–Pokiston sanoat zonasi” tashkil etiladi
21:23 / 10.12.2025
Hyundai Rotem tezkor poyezdlarining ilk partiyasi O‘zbekistonga jo‘natildi
13:33 / 27.11.2025