Bosh prokuratura: Effect.uz saytining ikki muxbiriga qidiruv e'lon qilingan
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Effect.uz sayti xodimlariga ehtiyot chorasi sifatida sirtdan qamoqqa olish chorasi qo‘llangani haqidagi xabar yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Ma'lum qilinishicha, sayt xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 236 va 219-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

«Joriy yilning yanvar oyida Effect.uz saytida ushbu saytning xodimlari jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tumani sudi raisi xizmat xonasiga bostirib kirib, sud majlisida ishtirok etish va jarayonni tasvirga olishni talab qilishgani haqida videoyozuv chiqarilgan.
Videoyozuvda qayd etilgan holatga huquqiy baho berish maqsadida Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori nomiga taqdimnoma kiritilgan.
Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Termiz tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijalariga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 236 va 219-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari Surxondaryo viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari jarayonida jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan Effect.uz axborot agentligining 2 nafar muxbiri va 1 nafar ayol ko‘plab marotaba tergov organiga rasman chaqirtirilgan bo‘lsa-da, noma'lum sabablarga ko‘ra kelishdan bo‘yin tovlashgan.
Shunga ko‘ra, tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan JKning 219 va 236-moddalari bilan sirtdan ayb e'lon qilinib, sudning ajrimi bilan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi hamda 1 nafari (ayol) ga JKning 139 va 140-moddalari bilan sirtdan ayb e'lon qilinib, «munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan va ularga nisbatan qidiruv e'lon qilingan.
O‘z navbatida, Effect.uz axborot agentligining yana 1 nafar muxbiri tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlari jarayonlarida chaqirtirilgan vaqtda tergov organiga yetib kelgan va u bilan bog‘liq tergov harakatlari o‘tkazilgan, xuddi shuningdek, u doimiy ravishda o‘zining konstitutsiyaviy burchini bajarishi, chaqirilgan vaqtga tergov organiga yetib kelishini bildirgan», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 00:21
-
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
Jahon | 22:58 / 07.06.2025
-
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Jahon | 22:08 / 07.06.2025
-
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi
Jahon | 21:48 / 07.06.2025
Mavzuga oid

16:05 / 02.06.2025
Ko‘p qavatli uylarda 1,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

12:13 / 31.05.2025
Surxondaryoda 23 ta ko‘p qavatli turar joy binosida seysmik jihatdan kamchiliklar aniqlandi

15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi

11:03 / 02.05.2025