Jahon | 23:25 / 06.04.2021
4683
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy harbiy-dengiz kuchlari guruhi Tayvan yaqinida mashg‘ulotlar boshladi

Xitoy qo‘mondonligi bu mashg‘ulotlar qachon boshlangani va qancha vaqt davom etishiga aniqlik kiritmagan, ammo kelgusida bunday mashg‘ulotlar yanada ko‘proq o‘tkazilishiga va'da bergan.

Xitoyning "Lyaonin" aviatashuvchisi yetakchiligidagi aviatashuv guruhi Tayvan yaqinida mashg‘ulotlar olib bormoqda. Bu haqda Xitoy harbiy-dengiz kuchlari bayonotiga tayanib Associated Press (AP) xabar berdi.

Bayonotda aytilishicha, gap rejali mashg‘ulotlar haqida bormoqda, bundan maqsad esa "Xitoyning milliy suvereniteti, xavfsizligi va rivojlanish maqsadlarini himoya qilish layoqatini yaxshilashga yordam berishdan iborat".

«Xitoy qo‘mondonligi bu mashg‘ulotlar qachon boshlangani va qancha vaqt davom etishiga aniqlik kiritmagan, ammo kelgusida bunday mashg‘ulotlar yanada ko‘proq o‘tkazilishiga va'da bergan»,deb yozadi AR.

Avvalroq AQSh Tayvanga nisbatan Xitoy tahdidi o‘sib borayotganini bildirgandi. Vashington Tayvanga harbiy samolyotlar, raketa va boshqa qurollarni sotishga rozi bo‘lgan. 

AP agentligining ma'lumot berishicha, o‘tgan shanba kuni AQShning Theodore Roosevelt atom aviatashuvchisi yetakchiligidagi aviatashuv zarba beruvchi guruhi «standart operatsiyalar» o‘tkazish uchun Janubiy Xitoy dengiziga kirgan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid