NASA Marsda vertolyotining ilk parvozini amalga oshirishga tayyorlanmoqda
NASA koinot agentligi 11 aprelda Marsda Ingenuity (Topqirlik) deb nomlangan vertolyotining ilk parvozini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu Yer sayyorasidan tashqarida amalga oshiriladigan tarixdagi ilk parvoz bo‘ladi.
Vertolyot parvozini ijtimoiy tarmoqlarda va NASA saytida parvozdan bir necha soat o‘tib ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Agar parvoz belgilangan muddatda amalga oshsa, unda ilk ma'lumotlar Yerga 12 apreldayoq kelishi mumkin.
Vertolyotning birinchi parvozi 3 metr balandlikda o‘tadi va 20-30 soniya davom etadi. Keyingi parvozlar davomida parvoz balandligini 5 metrgacha oshirish rejalashtirilgan.
Ayni vaqtda parvoz uchun mos uchish-qo‘nish maydonchasi tanlangan. Parvozgacha qolgan kunlar ichida bu maydonga marsoxod yetib kelib, u yerga vertolyotni tushirishi kerak bo‘ladi. So‘ngra vertolyot quyosh panellari yordamida bir kun davomida quvvatlanadi.
Parvoz qurilmasi Qizil sayyoraga 18 fevral kuni Perseverance marsoxodi yordamida yetkazilgandi. Marsoxod parvoz vaqtida vertolyotga ko‘mak ko‘rsatadi, atrof-muhit haqida ma'lumotlar to‘playdi va vertolyotning Yerdagi dispetcherlar bilan aloqa olib borishi uchun stansiyani joylashtiradi.
Biroq ta'kidlanishicha, parvoz sanasi o‘zgartirilishi ham mumkin. Aniq sanani vertolyotning veb-sahifasidan bilib olish mumkin bo‘ladi.
Ingenuity qurilmasi diametri 1,2 metrni va og‘irligi 1,8 kgni tashkil qiladi. U ikkita kamera bilan jihozlangan va suratga olish uchun havoda 20-30 soniyagacha qola oladi.
Ingenuity Marsda 31 kun ish olib boradi. Qurilma parvozlar vaqtida atrof-muhitning aerofotos'yomkasini olib boradi.
Mavzuga oid
22:47 / 25.09.2024
Tadqiqotchilar Marsdagi vulqonlar qayta uyg‘onishi mumkinligini ma’lum qildi
14:30 / 23.09.2024
SpaceX 2026 yilgacha Marsga beshta kema uchirmoqchi
00:49 / 12.09.2024
Xitoy 2028 yilga borib Marsga tarixiy missiyasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda
18:16 / 08.09.2024