Jahon | 23:25 / 08.04.2021
12496
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Slovakiyadan “Sputnik V” vaksinasini qaytarib berishni so‘radi

Rossiya tomonining bildirishicha, Slovakiya giyohvand moddalarni nazorat qilish instituti “Sputnik V” vaksinasini YeIning dori vositalarini nazorat qilish bo‘yicha rasmiy laboratoriyalari tarmog‘iga kirmaydigan laboratoriyada tekshirgan.

Foto: RIA Novosti

 Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RFPI) Slovakiya hukumatidan ilgari yetkazib berilgan 2 mln doza “Sputnik V” vaksinasini qaytarishini so‘radi. Bu haqda vaksina ishlab chiqaruvchisining bayonotida aytilmoqda.

 "RFPI 2021 yilning 6 aprelida Slovakiya hukumatiga maktub yo‘llab, shartnoma ko‘p bor buzilgani sababli vaksinadan boshqa mamlakatlarda foydalanish uchun uni qaytarishni so‘radi", – deyiladi xabarda.

Rossiya tomonining bildirishicha, Slovakiya giyohvand moddalarni nazorat qilish instituti amaldagi shartnomani buzgan holda taqdim etilgan “Sputnik V” vaksinasini YeIning dori vositalarini nazorat qilish bo‘yicha rasmiy laboratoriyalari tarmog‘iga kirmaydigan laboratoriyada tekshirgan.

Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, Slovakiya regulyatorining vaksina klinik sinovlardan o‘tgan vaksina bilan bir xil emasligi to‘g‘risidagi ma'lumoti "yolg‘on hisoblanadi".

"Sputnik V”ning barcha partiyalari bir xil sifatga ega va Gameliya institutida qat'iy sifat nazoratidan o‘tadi", – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Slovakiya bosh vaziri Igor Matovich “Sputnik V” vaksinasi sababli iste'foga chiqqandi. Mamlakatda hukumat inqirozi Matovichning hali YeI ma'qullamasdan turib Rossiyadan koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasini olib kelishga qaror qilishi natijasida kelib chiqqan mojaro sababli yuz berdi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid