Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiyada "Sputnik V" bilan bog‘liq mojaro sababli bosh vazir almashdi
Avvalroq qator vazirlar iste'foga chiqqandi.
Slovakiya prezidenti Zuzana Chaputova sobiq moliya vaziri Eduard Hegerga yangi hukumatni shakllantirish topshirig‘ini berdi. Avvalgi bosh vazir Igor Matovich moliya vazirligini boshqaradi.
Mamlakatda hukumat almashishi Matovichning hali YeI ma'qullamasdan turib Rossiyadan koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasini olib kelishga qaror qilishi natijasida kelib chiqqan mojaro sababli yuz berdi.
U mazkur kelishuv haqida na prezident, na vazirlar va na hukmron koalitsiyadagi ittifoqchilarini xabardor qilgan. Vaksinaning birinchi partiyasi 1 mart kuni olib kelingani ma'lum qilindi.
Shundan so‘ng hukmron koalitsiyadagi ikki partiya uning iste'fosini talab qildi. Keyin esa sog‘liqni saqlash vaziri Marek Kraychi va yana bir nechta vazir iste'foga chiqdi.
OAVning ma'lum qilishicha, Heger prezidentga vazirlar ro‘yxatini taqdim etgan. Bu xabarni Slovakiya prezidentining matbuot kotibi Martin Strijinets ham tasdiqlagan.
Mavzuga oid
12:11 / 20.04.2026
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi
15:47 / 16.03.2026
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha blokadasini bekor qildi
12:20 / 28.02.2026
“Drujba” atrofidagi bahs: Zelenskiy Fitsoni Kiyevga taklif qildi
11:05 / 26.02.2026