Jamiyat | 21:08 / 09.04.2021
944
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda 91 yoshli onaxon koronavirusga qarshi emlandi

Qashqadaryoda qariyb bir asrni qarshilayotgan onaxon koronavirusga qarshi emlangan. Bu haqda Qashqadaryo SSB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Omontepa mahallasi Qovchin qishlog‘ida yashovchi 91 yoshli Oydin Xidirova koronavirusga qarshi emlangan.

1930 yil tug‘ilgan onaxon tumandagi 52-sonli oilaviy poliklinikada emlangan.

Qayd etilishicha, ayni paytda qariyb bir asrni qarshilayotgan onaxon o‘zini har doimgidan ham tetik his qilmoqda.

Avvalroq, Samarqand viloyatida 100 yoshli otaxon koronavirusga qarshi emlangani xabar qilingan edi. 

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid