O‘zbekiston | 14:07 / 09.04.2021
7630
1 daqiqa o‘qiladi

Yakshanba kuni havo biroz salqinlashadi 

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan iliq havo massalari kirib kelishi davom etadi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 7-12 daraja iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari 21-26 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Ushbu harorat shu kunlarning ko‘p yillik qiymatlaridan 2-3 darajaga yuqori bo‘ladi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, Kavkaz hududlaridan salqin havo massalari kirib kelishi natijasida yakshanba kuni haroratning pasayishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 7-12 daraja iliq atrofida, kunduz kunlari esa 17-22 daraja iliqdan yuqori va me'yordan 2-3 daraja past bo‘ladi.

Shu kunlarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid