O‘zbekiston | 07:43 / 10.04.2021
3514
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonga iliq havo oqimi kirib kelishi davom etadi 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonga Eron hududlaridan iliq va quruq havo massalari kirib kelishi davom etadi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 21-26 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 23-25 daraja issiqni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 14-19 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid