Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Papaya, zaytun, banan: Uchko‘prikdagi issiqxonada tropik mevalar o‘stirilmoqda
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan «Mehrigiyo» kichik korxonasida 200 dan ortiq shifobaxsh choy, sharbat va asalli mahsulotlar tayyorlanmoqda.

Korxona O‘zbekistonda ilk bor «USDA Organic regulation, 7 CFR Part 205» xalqaro sertifikatiga sazovor bo‘lgan.
Korxonada papaya, zaytun, rastaropsha, kivi, lavanda, banan kabi o‘simliklar mahalliylashtirilgan. «Mehrigiyo»da ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlari MDH davlatlaridan Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga eksport qilinmoqda.


«Korxonamiz 1992 yilda tashkil topgan. Ayni paytda bu yerda ko‘plab dorivor giyohlar yetishtiriladi. Lavanda, papaya, guvava va zaytun plantatsiyalari mavjud. Papaya sovuqqa chidamsiz daraxt. Shu sababli u issiqxonada o‘stiriladi.
Papaya bel og‘rig‘i va grijaga shifo o‘simlik. Mevasidan choy, asal siroplar va yog‘lar olinadi. Achchiq tarvuz va papaya siroplari birikmasidan tashkil topgan giyohlardan organizmni tozalashda foydalaniladi.


Issiqxonamizda banan ham o‘sadi. U mahalliy iqlimga moslashtirilgan. Issiqxona ichida harorat doimiy 35-40 darajada ushlab turiladi», —deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda korxona dizayneri Komronbek Burhonov.
Sarvar Ziyayev tayyorladi.
Mavzuga oid
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
08:45 / 15.06.2026
Farg‘onada 1 kilogrammdan ortiq gashish olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi
21:36 / 14.06.2026
Farg‘onada "Lasetti" qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
09:50 / 12.06.2026