Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat reyestridan chiqariladi
Adliya vazirligi tomonidan «Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida»gi buyruq chiqarildi.
Ro‘yxatga muvofiq, 44ta normativ-huquqiy hujjat davlat reyestridan chiqariladi. Quyidagi hujjatlar ham ro‘yxatga kiritilgan:
Markaziy depozitariyning savdo va hisob-kitob-kliring tizimlari bilan o‘zaro faoliyati tartibi;
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ta'lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlash maqsadida uni attestatsiyadan o‘tkazishning maxsus mezonlari;
«Markaziy depozitariyning savdo va hisob-kitob-kliring tizimlari bilan o‘zaro aloqadorligi tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi buyruq;
O‘zbekiston Respublikasi banklarida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buxgalterlik hisobi bo‘yicha yo‘riqnoma;
«O‘zbekiston Respublikasining berilgan radiochastotalarini xalqaro-huquqiy himoya qilish to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida»gi buyruq.
Hujjat «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi qonunga, prezidentning 13.04.2018 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga, Vazirlar Mahkamasining 9.10.1997 yildagi «Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me'yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq qabul qilingan.
Hujjat qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 31.03.2021 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
08:36 / 18.02.2026
O‘zbekistonda tan olinadigan akkreditatsiya tashkilotlari reyestri yuritiladi
11:54 / 16.02.2026
Oziq-ovqat xavfsizligi nazorati yangilanadi: operatorlar reyestri yuritiladi
09:31 / 19.09.2025