O‘zbekiston | 09:05 / 12.04.2021
8873
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikada ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 17-22 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo 18-20 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15 daraja iliqni tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid