Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tarovih namozi munosabati bilan qator avtobuslar yo‘nalishi o‘zgaradi
Toshkent shahrida tarovih namozi munosabati bilan Ramazon oyida (13 apreldan 12 mayga qadar) avtobuslar yo‘nalishi o‘zgaradi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» ma'lum qildi.
Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi Beshqayrag‘och ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Ushbu manzil orqali harakatlanuvchi 8T, 27, 35, 46, 53, 73, 141, 146-sonli avtobus yo‘nalishlari suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettiradi.

Lutfiy ko‘chasi Katta Qa'ni ko‘chasi bilan kesishmadan Katta Xirmontepa ko‘chasi bilan kesishgan yo‘lgacha transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Ushbu manzil orqali harakatlanuvchi 13 va 56-sonli avtobus yo‘nalishlari suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettiradi.

Keles yo‘li ko‘chasi Noraztepa ko‘chasidan Gulsaroy ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Ushbu manzil orqali harakatlanuvchi 118 va 120-sonli avtobus yo‘nalishlari suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettiradi.

Al-Xorazmiy ko‘chasi Katta Qa'ni ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Ushbu manzil orqali harakatlanuvchi 17T-sonli avtobus yo‘nalishi suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettiradi.

Bundan oldinroq Toshkent shahrida tarovih namozi munosabati bilan har Ramazon oqshomida soat 18:00 dan 23:00 gacha masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun yopilishi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
17:13 / 29.04.2026
Toshkentda yo‘lovchilarga qo‘pol muomala qilgan avtobus haydovchisi ishdan olindi
12:35 / 16.03.2026
16 mart kuni O‘zbekistondagi 1765 ta masjidda Qur’oni karimning xatmonalari bo‘ladi
09:53 / 11.03.2026
Qirg‘izistonda Hayit sanasi e’lon qilindi: Ramazon oyi yana 29 kun bo‘lishi mumkin
17:10 / 04.03.2026