Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijda pulsiz qolgan O‘zbekiston fuqarolariga qarz berib turiladi
Chet eldagi O‘zbekiston fuqarolari yashash uchun pulsiz qolganda, tegishli hududiy konsullikka qarz so‘rab murojaat qilishi mumkin bo‘ldi. Qarz 1 oyda qaytarish sharti bilan beriladi. Uni olish 6 kungacha cho‘zilishi mumkin.
Bugun, 12 aprel kuni qabul qilingan hukumat bilan, «O‘zbekiston fuqarolariga xorijiy davlat hududida yashash uchun mablag‘larsiz qolgan taqdirda, moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, endilikda konsullik okrugi hududiga vaqtincha kirgan fuqaro yashash uchun pulsiz qolganda, muassasaga moliyaviy yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin.
Qarz 30 kun muddatga beriladi. Uni olish tartibi quyidagicha:
- Fuqaro konsulxonaga ariza bilan murojaat qiladi, arizasiga boshqa zarur hujjatlarni ilova qiladi. Konsulxona 2 ish kunida arizadagi keltirilgan asoslar to‘g‘riligini tekshiradi, arizachining moliyaviy ahvoliga baho beradi.
- Konsulxona moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa tayyorlab, Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.
- Vazirlik 1 ish kunida qarz berish yoki rad etish to‘g‘risida konsulxonaga xat yuboradi.
- Konsulxona xatni olganidan so‘ng 1 ish kunida fuqaro bilan qarz shartnomasini tuzadi. Oziq-ovqat mahsulotlari, turar joy, kiyim-kechak va transport xarajatlari uchun to‘lov o‘tkazadi.
Ariza rad qilinganda, konsullik mansabdor shaxsi ariza beruvchiga rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xabarnoma yuboradi.
Qarz olgan fuqaro 30 kunda respublika budjetiga qarzni qaytaradi.
Mavzuga oid
21:20 / 03.04.2026
“O‘zbekiston bilan hukumatlararo komissiya ishini tiklaymiz” – Ukraina TIV o‘rinbosari
15:18 / 18.03.2026
O‘zbekiston hayit arafasida Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi
15:40 / 02.03.2026
Vadeful: “Bu mojaro yaqin kunlarda to‘xtamaydi”
10:26 / 02.03.2026