Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xorazm» sport majmuasi qachon futbol o‘yinlarini qabul qiladi?
Urganch shahridagi «Xorazm» sport majmuasi (sobiq «Olimpiya» stadioni) qariyb 6 yildan beri yopiq turibdi va huvullab yotibdi.
«Xorazm» sport majmuasi 2015 yilda «Umid nihollari» musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ta'mirlashga yopilgan edi. Biroq, rejadagi ishlar yakuniga yetkazilmadi, ta'mirlash uchun ajratilgan mablag‘lar talon-toroj qilindi, bunga yo‘l qo‘ygan amaldorlar jazolandi.
Ammo, xorazmlik futbolchilar va muxlislar ajoyib stadiondan mahrum bo‘lishdi.

«Xorazm» futbol klubi bu vaqt mobaynida viloyatning boshqa stadionlarida o‘ynadi. Hozirgi vaqtda jamoa sun'iy maydonga ega «Yoshlik» o‘yingohida futbol o‘yinlarini o‘tkazmoqda. Ushbu o‘yingohning sig‘imi juda kichik bo‘lib, atigi 950 tomoshabinni sig‘dira oladi. Bu esa Pro-liga bahslari uchun kam. «Xorazm» klubining har bir o‘yiniga kamida 2-3 ming tomoshabin yig‘ilmoqda, biroq, ularning bir qismi maydon atrofida tik turgan holda futbol tomosha qilishga majbur bo‘lmoqda. Boshqalari joy topolmay, qaytib ketishmoqda.
«Xorazm» sport majmuasi faoliyatini tiklashga bir necha yillardan buyon harakat qilinyapti, ammo samarasiz. Stadion ma'muriyati bergan ma'lumotga ko‘ra, maydon chimining tayyor holatda emasligi bunga asosiy sabab bo‘lyapti.
«Xorazm viloyatining markaziy o‘yingohida ta'mirlash ishlari «Janubgazqurilish» AJ tomonidan to‘liq yakunlangan. Stadiondagi tablo, yoritkichlar, o‘rindiqlar tayyor holatga keltirilgan. 2019 yil iyun oyida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ homiyligida Toshkent shahrining «Rita invest» firmasi bilan Janubiy Koreyaning «Kentucky Blugrass» navli chimini ekish bo‘yicha shartnoma tuzilgan edi. Hozirgi kunda futbol maydonining 70 foiz chimi tayyor holatda bo‘lib, qolgan 30 foiz qismida parvarishlash ishlari olib borilmoqda. Chimning sekin o‘sishini mutaxassislar iqlim sharoiti, yer va suv bilan bog‘liq ekanini ta'kidlashmoqda», deyiladi ma'lumotda.

Avvalroq, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov «Xorazm» sport majmuasi chimi 2021 yil mart oyida tayyor bo‘lishi, «Navro‘z» bayrami arafasida o‘yingohning ochilishi haqida aytgan edi. Yangi ma'lumotlarga ko‘ra, stadionning ochilishi avgust oyiga ko‘chirilgan. Agar maydon chimi tekis unib chiqmasa, bu muddat yana uzayishi mumkin.
Nurmuhammad Said
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026
Saida Mirziyoyeva Xorazmda prezident qarorlari ijrosini o‘rgandi
10:15 / 17.04.2026