Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 16:33 / 16.04.2021
5772
2 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi
Duatlon bo‘yicha havaskor va professionallar o‘rtasida O‘zbekiston ochiq kubogi birinchi bosqichi o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtda 18 aprel kuni soat 07:30dan 12:30ga qadar qator ko‘chalarda harakatlanish cheklanadi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, quyidagi ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi:
- to‘liq yopilish: Zulfiyaxonim ko‘chasi – Labzak ko‘chasidan (MobiUz ofisi) Nurafshon aylanma yo‘ligacha;
- to‘liq yopilish: Nurafshon aylanma yo‘li – Zulfiyaxonim ko‘chasidan Sharof Rashidov shohko‘chasigacha (Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi);
- ikki taraflama harakatlanish yo‘lning bitta qismi bo‘ylab tashkil qilinadi: Sharof Rashidov shohko‘chasi – Osiyo ko‘chasidan (Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi) Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha (“Jasorat” haykali);
- ikki taraflama harakatlanish yo‘lning bitta qismi bo‘ylab tashkil qilinadi: Abdulla Qodiriy ko‘chasi – Sharov Rashidov shohko‘chasidan (“Jasorat” haykali) Labzak ko‘chasigacha (“Anhor-Lokomotiv” bog‘i).
"Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni so‘raymiz", deyiladi xabarda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
20:22 / 26.05.2026
«Toshkent – Samarqand» tezyurar avtomagistralida intellektual transport tizimi joriy etiladi
00:03 / 13.04.2026
Toshkentda intellektual transport tizimi joriy etilmoqda
09:10 / 24.03.2026