Xorazmda bank g‘aznasini o‘margan shaxs 11 yilga qamaldi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudida 1990 yilda Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan, oilali, oliy ma'lumotga ega Sh. ismli fuqaroga taalluqli ish ko‘rib chiqildi.
Ma'lum bo‘lishicha, sudlanuvchi dastlab, 2020 yil 11 iyul kuni firibgarlik jinoyatini sodir etgan. Urganch shahridagi kafelardan birida U.Q. bilan uchrashib, o‘g‘lini Urganch davlat universitetiga 1000 AQSh dollari evaziga kiritishiga ishontirib, pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
2020 yil 30 oktabr kuni esa oldindan reja qilib yurgan bosqinchilik jinoyatini sodir etgan. U «Xalq banki» qoshidagi «Tinchlik» bank xizmatlari markazi binosi yoniga borib, markaz boshlig‘iga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini bank sohasi bo‘yicha DXX viloyat boshqarmasi mas'ul xodimi deb tanishtirib, jinoiy harakatlari oshkor bo‘lib qolmasligi uchun o‘zgacha shevada gapirib, yordamchisi bilan tezda DXX viloyat boshqarmasi binosi oldiga kelishini aytgan.
Boshliq va yordamchi binodan chiqib ketganidan so‘ng, binoga mijoz sifatida kirib, g‘aznachi ayol I.ning yolg‘iz qolganidan foydalanib, unga hujum qilib, boshini temir seyfga urib tan jarohatlari yetkazgan.
So‘ngra 21 ming AQSh dollari va 20,8 mln so‘m pullarni, hamda I.ning qiymati 2,2 mln so‘mlik telefon apparatini qo‘lga kiritib, jami 241,5 mln so‘m pullarni bosqinchilik yo‘li bilan egallab, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudida ko‘rib chiqilgan ishda barcha dalillar o‘rganilib, tomonlarning ko‘rsatmasi eshitilib, Sh. Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan aybdor deb topildi va uzil-kesil 11 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
13:58 / 25.10.2024
«Poytaxtbank» BAA kompaniyasi ixtiyoriga o‘tdi
21:13 / 21.10.2024
Rossiyada bankning sobiq rahbari o‘ziga 3 mlrd rubl kredit ajratib, Monakoga qochib ketdi
11:30 / 17.10.2024
Toshkentda 3 ming dollar evaziga bankdan 100 ming dollar olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
12:10 / 03.10.2024