Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birinchi chorakda aholi daromadlari 9,8 foizga oshdi
Statistika qo‘mitasi 2021 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holatini e'lon qildi. Aholi daromadi 2021 yil 1-choragida 9,8 foizga, yalpi ichki mahsulot esa 3 foizga oshgan.
Statistika qo‘mitasi e'lon qilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 2021 yil birinchi choragida aholi soni 34,695 nafarga ko‘paygan.
Aholi real umumiy daromadi 9,8 foizga oshgan. Yalpi ichki mahsulot o‘sishi birinchi chorakda 3 foizni tashkil etdi.
Transport sohasida yuk aylanmasi 2,8 foizga oshgan. Shuningdek, sanoat ishlab chiqarish, xizmatlar hajmi, qishloq va o‘rmon xo‘jaligida o‘sish 3 foizdan yuqorini tashkil etgan.
Biroq transport (yo‘lovchi aylanmasi bo‘yicha), qurilish va chakana savdoda tiklanish qiyin kechmoqda. Bu ushbu sohalardagi o‘sish o‘tgan yilning mos davridagi o‘sishga yeta olmaganida namoyon bo‘ldi. Masalan, qurilish ishlari hajmi 2020 yil birinchi chorakda 106,5 foiz o‘sishni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yil shu davrida sohada o‘sish 100,5 foizni ko‘rsatdi.
Avvalroq, mart oyida O‘zbekistonda narxlar 0,8 foizga qimmatlagani ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
15:58 / 21.04.2026
“Shaharlashuv darajasi pastligi – O‘zbekistonning ochilmagan potensiali” - Behzod Hoshimov
14:59 / 31.01.2026
Hududiy tengsizlik tashvishli darajaga yetdi. Sabablar nima?
16:33 / 28.10.2025
O‘zbekistonda aholi daromadlarining o‘sishi tezlashdi. Bu pul o‘tkazmalari oshishi bilan bog‘liq
18:05 / 06.02.2025