2025 yilning 9 oyi yakunlariga köra Özbekiston aholisining umumiy daromadlari 825,3 trillion sömga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi hisobotida keltirib ötilgan.
Hisobot davrida aholi daromadlarining nominal körinişdagi ösişi 18,4 foizni, real ösiş sur’ati esa 8,4 foizni taşkil etgan. Ötgan yilning mos davrida bu körsatkiç mos ravişda 17,9 va 7,7 foiz bölgandi.

Aholi jon boşiga umumiy daromadlar esa nominal qiymatda 16,1 foizga (2024 yilning III çoragida – 15,5 foiz), real körinişda 6,3 foizga (5,5 foiz) köpaydi. Natijada 2025 yilning dastlabki 9 oyida aholi jon boşiga örtaça daromad 21,8 mln sömga (17,4 mln söm) yetgan.
Hududlar kesimida daromadlarning eng yuqori körsatkiçi Toşkent şahri (52 mln 29 ming söm), Navoiy (32 mln 52 ming söm), Buxoro (25 mln 972 ming söm), Xorazm (22 mln 817 ming söm) va Toşkent (21 mln 940 ming söm) viloyatlarida qayd etilgan. Poytaxt va 4 ta viloyatda aholi jon boşiga umumiy daromadlar respublikadagi umumiy körsatkiçdan baland bölgan.

Bu boradagi eng quyi körsatkiçlar Qoraqalpoğiston Respublikasi (14 mln 843 ming söm), Namangan (15 mln 832 ming söm) va Surxondaryo (16 mln 483 ming söm) viloyatlarida qayd etilgan. Poytaxt va Qoraqalpoğistondagi daromadlar farqi 3,32 barobardan 3,51 barobarga yetgan.
Aholi jon boşiga daromadlarning eng yuqori real ösişi Farğona viloyati (13,4 foiz), Toşkent şahri (10,3 foiz) va Qaşqadaryo viloyatida (6,6 foiz) kuzatilgan. Aksinça Andijon (1,1 foiz), Qoraqalpoğiston Respublikasi (2,2 foiz) va Toşkent viloyatida (3,3 foiz) aholining real daromadlari juda kam miqdorda ösgan.
Aholining umumiy daromadlari tarkibi
Hisobot davrida aholi umumiy daromadlarining katta qismi mustaqil ravişda band bölişdan olingan daromadlarni öz içiga olgan mehnat faoliyatidan olingan – 33,8 foiz. Şuningdek, transfertlardan olingan daromadlar (30,2 foiz), yöllanma işçilarning daromadlari (26,1 foiz) ham salmoqli uluşni egallaydi.
















