Jahon | 20:19 / 19.04.2021
13350
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Arktikada keng miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Mashg‘ulotlarga atom va dizel suvosti kemalari, Kola flotiliyasining kemalari, ta'minot kemalari va uchuvchi qurilmalar jalb etiladi.

Foto: Rossiya mudofaa vazirligi

Rossiya armiyasi Arktikada keng miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, shimoliy flot harbiy boshqarmasi organlari, harbiy birlik va qismlar mashg‘ulotlarning birinchi bosqichi uchun yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltirilgan.

Mashg‘ulotlarga atom va dizel suvosti kemalari, Kola flotiliyasining kemalari, ta'minot kemalari va uchuvchi qurilmalar jalb etiladi.

 Rossiya mudofaa vazirligi uch hafta avval qo‘shinlarning nazorat tekshiruvi boshlanganini e'lon qilgandi.  

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid