O‘zbekiston | 07:47 / 20.04.2021
7903
1 daqiqa o‘qiladi

20 aprel kuni O‘zbekistonga nam havo massalari kirib keladi 

20 aprelda kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib keladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida faqat ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 20-22 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, sel kelishi xavfi bor. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2200 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid