Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qidiruvdagi otaning yaqin qarindoshlari aliment pullarini to‘lab berdi
Foto: KUN.UZ
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudi 2016 yilda Uzun tumanida yashovchi Sh.M.dan bir nafar farzandining ta'minoti uchun aliment undirishni belgilagan edi.
MIB Surxondaryo viloyat boshqarmasining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, qarzdor ota aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamay, ijrodan qochib yurgan.
Majburiy ijro byurosi Uzun tuman bo‘limi 2020 yilning 2 dekabr kuni Sh.M.ga nisbatan qidiruv e'lon qildi.
Aniqlanishicha, Sh.M. Rossiyada ishlab yurgan ekan.
Prokuratura va MIB xodimlari, jamoatchilik vakillari qarzdor otaning yaqin qarndoshlariga aliment to‘lamaslikning huquqiy oqibatlarini tushuntirishdi.
Shundan so‘ng, Sh.M.ning yaqin qarndoshlari bir nafar bolaning voyaga yetguniga qadar hisoblangan 30 mln so‘m aliment pullarini tilxat asosida to‘lab berdi.
Sh.M.ning barcha aliment qarzdorligi qoplanganligi sababli unga nisbatan e'lon qilingan qidiruv bekor qilindi.
Mavzuga oid
10:06 / 27.11.2025
Aliment to‘lovchilar sug‘urta polisi orqali chet elga chiqishi mumkin bo‘ladi
08:50 / 13.11.2025
Samarqandlik ayol erini qamoqdan chiqarish uchun aliment qarzini o‘zi to‘ladi
15:22 / 04.11.2025
Farg‘onada ota aliment bo‘yicha chiqqan janjal oqibatida xotini va 2 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi
11:09 / 09.10.2025