O‘zbekiston | 11:17 / 20.04.2021
7688
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida 14ta maktab va 15ta sinf karantinga olindi

Toshkent viloyatida 14ta maktab va 15ta sinf karantinga olindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joylardagi 18ta umumiy o‘rta ta'lim maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlangani sababli mazkur maktablarda o‘quv jarayonlari masofaviy olib borilyapti.

Jumladan, O‘rta Chirchiq tumanidagi 3-, 54-sonli maktablar, Bo‘ka tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi, Chirchiq shahridagi 8-, 9-sonli, Pskent tumanidagi 36-sonli, Parkent tumanidagi 22-, 51-sonli, Toshkent tumanidagi 9-, 12-, 17-, 18-sonli hamda Olmaliq shahridagi 17-maktab, Nurafshon shahridagi 1-sonli maktablar o‘qish jarayonlarini to‘liq onlayn rejimda olib borishyapti.

Shuningdek, O‘rta Chirchiq tumanidagi 50-sonli umumta'lim maktabining 3ta sinfi, Bo‘ka tumanidagi 6-maktabning 8ta sinfi va 15-maktabning 1ta sinfi, Zangiota tumanidagi 34-sonli umumta'lim maktabining 3ta sinfi karantin rejimiga o‘tkazilgan.

Mazkur maktablarning 30 nafar o‘quvchisi hamda 25 nafar o‘qituvchisida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi bergan ma'lumotlariga ko‘ra, 19 aprel kuni 37 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 

Mavzuga oid