Jahon | 21:15 / 21.04.2021
4867
1 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad Suriya prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini qo‘ydi

Suriya prezidenti Bashar Asad navbatdagi muddatga Suriya prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini qo‘ydi. Mamlakatda 26 may kuni prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Foto: AFP

«U prezident saylovlarida ishtirok etish uchun ariza topshirgan oltinchi nomzod bo‘ldi», deb ma'lum qilgan Suriyaning SANA axborot agentligi.

19 apreldan nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish boshlangandi. Hozircha prezident saylovlarida ishtirok etish uchun 6 kishi, jumladan, Suriya tarixida prezidentlikka ilk ayol nomzod ariza topshirdi.

Saylovlarda parlamentdagi ovoz berishda kamida 35 deputat ovozini to‘play oladigan nomzodlargina ishtirok eta oladi.

 Bashar Asad 2000 yilda otasi Hafiz Asad o‘limidan keyin Suriyaga rahbarlik qilib kelmoqda. U 2014 yilda o‘tgan oxirgi prezident saylovlarida 88,7 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongandi. Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, Asad yana bir marta 7 yillik muddatga saylanishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid