Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya may oyidan karantin choralarini yumshatadi
May o‘rtalaridan komendantlik soatini bekor qilish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, korxonalar, umumiy ovqatlanish va madaniyat muassasalari faoliyati tiklanadi.
Fransiya koronavirusga qarshi kurash doirasida joriy etilgan cheklov choralarini yumshatishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Reuters.
Xabar qilinishicha, prezident Emmanuel Makron ma'muriyati izolyatsiya va umummilliy karantin rejimidan bosqichma-bosqich chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
«3 maydan regionlararo harakatlanishga qo‘yilgan cheklov va safar qilish sababi ko‘rsatilgan guvohnomani to‘ldirish talabi bekor qilinadi. May oyi o‘rtalaridan restoranlar terrasalari va ayrim madaniyat muassasalari ochiladi», – dedi hukumat vakili Gabriel Attal.
May o‘rtalaridan komendantlik soatini bekor qilish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, korxonalar, umumiy ovqatlanish va madaniyat muassasalari faoliyati tiklanadi.
19 aprel holatiga ko‘ra, 12,7 milliondan ortiq fransuzlar koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini (aholining 19,5 foizi), 4,6 milliondan ortiq kishi esa (aholining 7 foizi) ikkinchi dozasini olgan.
Fransiyada aprel boshlarida koronavirus pandemiyasining uchinchi to‘lqini sababli bir oylik umummilliy karantin e'lon qilingandi. Mamlakatda o‘tgan yilning oktyabridan buyon qahvaxona, restoran, bar, madaniyat muassasalari yopib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026