Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat chegarasiga belgi qo‘yish tartibi tasdiqlandi
Foto: Farrux Aliyev
Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston davlat chegarasiga belgi qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:
- O‘zbekiston chegara belgilarining turlari, shakllari, o‘lchamlari va tuzilishi tavsifi;
- davlat chegarasini joylarda chegara belgilari bilan belgilash va o‘rnatish tartibi.
Nizomga muvofiq, davlat chegarasi O‘zbekiston hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida, havo bo‘shlig‘ida) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq bo‘ylab o‘tuvchi vertikal sathdan iborat.
Davlat chegarasi joylarda asosiy, oraliq va maxsus chegara belgilari bilan belgilanadi. Chegara ustuni asosiy chegara belgilari jumlasiga kiradi. Uning quyidagi turlari mavjud:
- asosiy temir-beton chegara ustuni;
- asosiy yig‘ma temir-beton chegara ustuni;
- asosiy polimer (kompozit) chegara ustuni.
Chegara ustunlari turlarining tavsifi nizomga ilovada keltirilgan.
Davlat chegarasini joylarda chegara belgilari bilan belgilash va o‘rnatish tartibi O‘zbekiston qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat chegaralarini belgilashda O‘zbekiston chegara belgilari geografik koordinatalari hududning fizik-geografik xususiyatlaridan kelib chiqib aniq belgilanishi lozim.
Mavzuga oid
09:41 / 02.12.2025
O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston chegara qoidalarini buzmaslikka chaqirildi
15:45 / 20.11.2025
Litva Belarus bilan chegara nazorat-o‘tkazish punktlarini yana ochadi
13:16 / 19.11.2025
Litva: Belarus bilan yopilgan chegara yaqin kunlarda ochilishi mumkin
09:07 / 15.11.2025