«Obnal ishi» bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bahslar bilan yakunlandi

Toshkent tumanlararo ma'muriy sudida «obnal ishi» bo‘yicha tadbirkorning soliq organiga nisbatan arizasi yuzasidan sud jarayoni boshlangani xabar qilingandi. Navbatdagi sud majlisi bir oy o‘tgach, 2021 yil 20 aprel kuni bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahrida faoliyat yuritadigan tadbirkor Toshkent shahar soliq boshqarmasi bitimlarni ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzgan deb hisoblab, QQS solig‘i bo‘yicha 691 million so‘m soliq majburiyatini yuklashini qonunga xilof, deb topish to‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat qilgan.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, navbatdagi sud majlisi tomonlarning soliq organi tadbirkorning savdo operatsiyalarini ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzgan deb topishi dalillarga asoslangan yoki yo‘qligi borasidagi bahslari bilan kechdi.
Da'vogar da'vo talabi aniqlashtirilgan arizasini sudga taqdim etdi. Tadbirkor suddan soliq organining dalil-isbotsiz hisobga olingan QQS summasini bekor qilishda ifodalangan xatti-harakatini noqonuniy deb topishni so‘ramoqda. Shunda tadbirkorning shaxsiy kabinetiga kiritilgan va to‘lash majburiyati yuklatilgan soliq summasi ham bekor bo‘ladi, deb hisoblaydi u.
Oqibat shundayki, shaxsiy kabinetda to‘lanmagan soliq summasi to‘g‘risida yozuv paydo bo‘lsa, tadbirkorda soliq to‘lash majburiyati yuzaga keladi va undiruv uning puli va boshqa mulkiga qaratiladi. Tadbirkor kontragent bilan tuzgan bitimini qalbaki deb topish va hisobga olingan QQSni bekor qilishda soliq organi dalillarga emas, balki gumonga asoslanganini ta'kidlamoqda.
«Biz soliqni noto‘g‘ri hisoblading deb iqtisodiy masalani ko‘tarmayapmiz, balki soliq organi dalil-isbotsiz hisobga olingan soliqni bekor qilganidan norozi bo‘lyapmiz. Soliq kodeksining 266-moddasida ham bitimlar ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzganlikka oid dalil va isbotlar mavjud bo‘lganda soliq organi hisobga olingan soliqni bekor qilishga haqqi bor deyilgan. Soliq organi dalillarga emas, balki gumonlarga asoslangan», – deydi tadbirkorning soliq maslahatchisi.
Soliq organi vakillari tadbirkorning «dalilsiz» degan da'vosini rad qilib, hisobga olishni bekor qilishda yetarli dalillarga asoslanganiga urg‘u berdi.
«Da'vogar da'vo talabida dalil-isbotsiz degan jumlani qayta-qayta ishlatyapti. Soliq kodeksining 14-moddasida aniq ko‘rsatilganki, agar tadbirkorning kontragenti (u bilan hamkorlik qilgan MChJ) ishlab chiqarish mahsulotini yetkazib berishga qurbi yetmasa, hisobga olingan QQS summasini soliq organi bekor qiladi.
Tadbirkor shartnoma shartlarida belgilangan shartlarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan MChJlar bilan hamkorlik qilgani uchun hisobga olish bekor qilindi. MChJ shartlarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun mahsulot ishlab chiqaradigan sexi, ombori bo‘lishi va boshqa talablarga javob berishi kerak. Da'vogar hamkorlik qilgan MChJlarda mana shu talablarga javob berish imkoniyati mavjud emas.
Imkoni yo‘q odam qarz bera olmaganidek, imkoni yo‘q MChJ bilan savdo operatsiyasini amalga oshirish imkoniyati yo‘q. Soliq organining bunday xulosasi inson omilidan yiroq bo‘lgan, DSQ tomonidan ishlab chiqilgan «tahlika-tahlil» dasturi tomonidan aniqlangan», – dedi soliq organi vakili.
Bunga tadbirkorning soliq maslahatchisi: «Tahlika-tahlil» dasturi faqatgina «alomatlar, taxminlar» kabi gumonlarni aniqlaydi, bu gumonlar esa soliq tekshiruvi va sud qarorlari bilan tasdiqlangan holatdagina dalil-isbot tariqasida tushuniladi», deya e'tiroz bildirdi.
Tadbirkor dalil-isbotsiz hisobga olishni bekor qilganini ta'kidlagach, soliq organi tadbirkorga haqiqatan bitimlarni ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzmaganini isbotlashi lozimligini aytdi.
Tadbirkor tomon bu da'vo predmetiga kirmasligi va buni isbotlashga majbur emasligini, aksincha, Soliq kodeksiga binoan, isbotlash majburiyati soliq organi zimmasida ekanini ta'kidladi.
Sud majlisi 27 aprelga qadar tanaffus e'lon qildi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Latviya o‘zbekistonlik haydovchilarni Boltiqbo‘yi va Skandinaviya mamlakatlarida ishga joylashtiradi
O‘zbekiston | 14:12
-
Reuters: Rossiya harbiy ta’minot uchun AQSh firmasidan foydalanmoqchi
Jahon | 13:53
-
Hududlarda yer maydonlari bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
O‘zbekiston | 13:48
-
Falastinni tan olmoqchi bo‘layotgan Fransiya, Trampdan Putinga so‘nggi ultimatum va «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqargan Rossiya - kun dayjesti
Jahon | 13:46
Mavzuga oid

08:54 / 17.04.2025
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi

13:30 / 16.04.2025
Moskva sudi «jurnalistlar ishi» bo‘yicha hukm chiqardi

18:15 / 28.03.2025
Sud futbolchi Dani Alvesning 4,5 yillik qamoq hukmini bekor qildi

12:11 / 27.03.2025