Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça sudi sobiq sudyalari Odilbek Ilhomjonov, Mirziyod Abidov va Muhtarama Turğunova ozodlikka çiqdi. Buni Kun.uz’ga Muhtarama Turğunovaning advokati tasdiqladi.
Advokatga köra, sobiq sudyalarni qamoqda saqlab turiş muddatini 5 oyga uzaytiriş haqidagi birinçi instansiya sudi ajrimi apellyatsiyada bekor qilingan. Apellyatsiya sudi qamoq muddatini uzaytirişni rad etiş haqida ajrim çiqargan. Şu tariqa, sobiq sudyalarga qöllangan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi garovga özgartirilgan.
Toşkent şahar sudi raisi sobiq örinbosari – jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati raisi Murodjon Mirzajonovni qamoqda saqlaş muddati esa uzaytirilgan.
Odilbek Ilhomjonov, Mirziyod Abidov va Muhtarama Turğunova adolatsiz hukm çiqarişda, Murodjon Mirzajonov esa adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror çiqariş hamda tergov qilişga yoki sud işlarini hal etişga aralaşiş jinoyatlarida ayblanmoqda. Hozirda tergov davom etmoqda.
Boş prokuraturaga köra, sobiq sudyalar Akmal Şukurov işini apellyatsiyada körib, birinçi instansiya sudining hukmini özgartiriş, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllab, 3 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga almaştiriş töğrisidagi xulosaga kelişgan. Biroq, Toşkent şahar sudi raisi örinbosari Murodjon Mirzajonov sudyalarga qonunga xilof ravişda ta’sir ötkazişi oqibatida ular jazoni ozodlikni çeklaşga almaştirib, uni sud zalidan qamoqdan ozod etgan.
Şundan söng, sobiq sudyalarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, ular qamoqqa olingandi.
Akmal Şukurov işi
Şukurovning jinoiy işi beşta epizodni öz içiga oladi, eng şov-şuvlisi – 2025 yilning sentabr oyida Yakkasaroy tumanidagi The Tower mehmonxonasi oldida bir neça kişi kaltaklanişi bilan boğliq.
Öşanda u tungi klub oldida tanişini himoya qilişga uringan Boris Avakyanga kuçli zarba berib, komaga tuşirib qöygan, söngra voqea joyidan qoçib ketib, köp ötmay Qozoğistonda qölga olingan












