Sanjar Karimovga nisbatan navbatdagi sud majlisi bölib ötdi. Unda sudlanuvçi va uning advokatlari Olimboyevlar işi böyiça muhokama markazidagi uyni egalariga qaytariş haqida aytib ötdi.

JIB Mirzo Uluğbek tuman sudida Sanjar Karimovga oid jinoyat işi böyiça navbatdagi sud majlisi bölib ötdi. Unda qatnaşgan Kun.uz jurnalisti tafsilotlar haqida xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, sudlanuvçining advokatlari narkojinoyat ayblovi böyiça Sanjar Karimovning uyi va ofisida ötkazilgan tezkor tadbir davomidagi ayrim noqonuniy harakatlar haqida huquqiy asoslar keltirgan.  Şundan söng tezkor tadbirda qatnaşgan IIO Jinoyat qidiruv bölimi xodimlarining körsatmalari tinglangan.    

Sanjar Karimovning özi narkojinoyat ayblovi böyiça şunday degan: 

“Otamda demensiya kasali bölgani uçun giyohvand moddalarni şifokor tavsiyasi bilan iste’mol qilardi. Öşa kuni topilgan narkotik moddani men birovdan sotib olmaganman. Otamning paltosidan çiqqandi. Tergovga otamning 2 yillik kasallik varaqasini ham taqdim etganman”.

Sanjar Karimov sudya tomonidan berilgan savollarga javoban otasi vafotidan keyin bir-ikki marta narkotik modda iste’mol qilganini tan olgan. Biroq u bu borada heç kim bilan “oldi-berdi” qilmaganini aytgan.

Sud majlisi yakunida Sanjar Karimov va uning advokatlari Olimboyevlar işi böyiça muhokama markazidagi uyni egalariga qaytariş haqida aytib ötdi.

Sud 27 aprelga qadar tanaffus e’lon qildi.

Eslatib ötamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Real Sanjik taxallusi bilan tanilgan Sanjar Karimov öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş, firibgarlik hamda narkojinoyatda ayblanmoqda. Birinçi sud majlisida u öziga nisbatan e’lon qilingan ayblovga umuman iqror emasligini aytgandi.