Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yuk avtomobili ag‘darilib, yonib ketdi
Yangihayot tumanida yuk avtomobili ag‘darilishi oqibatida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 22 aprel kuni soat 11:00larda, Toshkent shahar, Yangihayot tumani hududidan o‘tgan 4R-21 avtomobil yo‘lida haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan M.A. "Howo" rusumli yuk transport vositasida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil ag‘darilgan.
Ro‘y bergan hodisa natijasida, avtomobilning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi M.A.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yong‘in bartaraf etilgan. Transport vositasiga zarar yetgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Mavzuga oid
13:32 / 31.10.2025
Sirdaryoda M-34 yo‘lida yuk avtomobili yonib ketdi
10:00 / 18.10.2025
Toshkentda talaba qarovsiz qolgan yosh bolani qutqarib qoldi
07:53 / 29.09.2025
Yangihayotda yog‘ochdan qurilgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi
19:52 / 04.08.2025