Dastlabki ma'lumotlarga köra, joriy yilning 22 aprel kuni soat 11:00larda, Toşkent şahar, Yangihayot tumani hududidan ötgan 4R-21 avtomobil yölida haydovçi, 1992 yilda tuğilgan M.A. "Howo" rusumli yuk transport vositasida harakatlanayotib boşqaruvni yöqotgan va avtomobil ağdarilgan.
Röy bergan hodisa natijasida, avtomobilning dvigatel qismida yonğin yuzaga kelgan. Haydovçi M.A.ga birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan. Yonğin bartaraf etilgan. Transport vositasiga zarar yetgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB YHXB va FVB xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilib, hodisa sodir böliş sabablariga aniqlik kiritilmoqda.












