Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda «Lacetti» bilan to‘qnashgan «Isuzu» yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Samarqand viloyati Narpay tumanida «Lacetti» va «Isuzu» yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 23 aprel kuni soat 5:40larda M-37 «Samarqand — Buxoro — Turkmanboshi» xalqaro avtomobil yo‘lining Samarqand viloyati, Narpay tumani hududidan o‘tgan 108-kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

1958 yilda tug‘ilgan haydovchi I.S. boshqaruvidagi «Lacetti» avtomashinasi 1980 yilda tug‘ilgan haydovchi S.X. boshqaruvida bo‘lgan «Isuzu» yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Oqibatda «Isuzu» yo‘lni ajratib turuvchi to‘siqqa urilgan va ag‘darilib ketgan.
Ta'kidlanishicha, mazkur hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Ammo yo‘l o‘rtasidagi beton ustiga ag‘anab ketgan «Isuzu» batamom yaroqsiz holga kelgan.

Qayd etilishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Narpay tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Mavzuga oid
09:23 / 24.03.2026
Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
19:38 / 18.03.2026
Samarqand viloyatining 4 ta tumanida jamoat yaylovlari tashkil etiladi
22:00 / 15.03.2026