Samarqand viloyati Kattaqörğon şahrida davlat raqamisiz yurgan «Labo» haydovçisi «Nexia»ning yölini tösib janjal çiqargan. Söng, ikkala haydovçi örtasidagi muştlaşuvning oldini olmoqçi bölgan şaxsni piçoqlagan. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yilning 17 aprel kuni soat 15:30 larda 25 yoşli M.Ozod Kattaqörğon şahri U.Barnoyev köçasida «Labo» avtomaşinasini davlat raqamisiz boşqarib ketayotib, uşbu köçada harakatlanib ketayotgan A.Amir boşqaruvidagi «Nexia»ning yölini heç bir sababsiz bir neça marotaba tösgan. Söng, janjal keltirib çiqargan vaqtida, uning bezorilik harakatlarining oldini olmoqçi bölgan 33 yoşli A.Ölmasning böyin, çap peşona sohasiga hamyon piçoği bilan jarohat yetkazgan.


Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Kattaqörğon şahar IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan M.Ozodga nisbatan jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi (Bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Ta'kidlanişiça, tergov harakatlari davomida, M.Ozod «Nexia» haydovçisini tanimasligi, unga özini körsatib qöyiş maqsadida bezorilik harakatlari sodir qilganligi aniqlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.
Samarqandda piyodalar yölakçasidan ötayotgan 9 yoşli qizni maşina urib yubordi
Samarqandda mast ota farzandini körsatişni xohlamagan sobiq qaynonasini öldirdi

















