Samarqand viloyati Narpay tumanida «Lacetti» va «Isuzu» yuk maşinasi iştirokida yöl-transport hodisasi röy bergan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yilning 23 aprel kuni soat 5:40larda M-37 «Samarqand — Buxoro — Turkmanboşi» xalqaro avtomobil yölining Samarqand viloyati, Narpay tumani hududidan ötgan 108-kilometrida yöl-transport hodisasi röy bergan.

1958 yilda tuğilgan haydovçi I.S. boşqaruvidagi «Lacetti» avtomaşinasi 1980 yilda tuğilgan haydovçi S.X. boşqaruvida bölgan «Isuzu» yuk avtomaşinasi bilan töqnaşuv sodir etgan. Oqibatda «Isuzu» yölni ajratib turuvçi tösiqqa urilgan va ağdarilib ketgan.

Ta'kidlanişiça, mazkur hodisada heç kim tan jarohati olmagan. Ammo yöl örtasidagi beton ustiga ağanab ketgan «Isuzu» batamom yaroqsiz holga kelgan.

Qayd etilişiça, uşbu yöl-transport hodisasi yuzasidan Narpay tumani IIB YHXB tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilib, töqnaşuv sodir böliş sabablariga aniqlik kiritilmoqda.