O‘zbekiston | 15:15 / 26.04.2021
11321
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent xalqaro aeroportiga kirib borishdagi yopiq estakada yo‘li ochiladi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning brifingda ma’lum qilishicha, xalqaro aeroport ikkinchi qavati bilan bog‘lovchi estakada qayta ishga tushirilishi yo‘lovchilarga katta qulayliklar yaratadi. Shuningdek, Fransiya fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan hamkorlikda uchuvchilarini tayyorlash maktabi ochilishi ham rejalashtirilgan.

Foto: proleteli.com

“19 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev “Uzbekistan airways” hamda “Uzbekistan airports” aksiyadorlik jamiyatlarini transformatsiya qilish bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishdilar.

Transformatsiya jarayonida uchta vazifaga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Bular: birinchi - xarajatlarni qisqartirish, ikkinchi - daromadlarni ko‘paytirish va uchinchi – yo‘lovchi va yuk tashishda raqobatbardoshlikni oshirish.

Prezidentimiz taqdimotlar bilan tanishib, avvalo, xalqimiz uchun aviachiptalar narxini arzonlashtirish, chiptani sotib olishdan to samolyotga chiqquncha bo‘lgan barcha jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha topshiriq berdilar.

Yana bir yangilik – Toshkent xalqaro aeroportiga kirib borishdagi anchadan beri yopiq yotgan estakada yo‘li ochilishi kutilmoqda. Bu ham yo‘lovchilarga katta qulayliklar yaratadi.

Fransiya fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan birgalikda Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi ochilishi ham rejalashtirilgan”, dedi o‘z nutqida Sherzod Asadov.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid