Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Styuardessalarga o‘zbek tilida chiroyli gapirish talabi qo‘yiladi - Ilhom Mahkamov
«Uzbekistan Airways»dagi styuardessalarning sof o‘zbek tilida gapirolmasligi tanqid qilindi. Kompaniya boshqaruv raisi Ilhom Mahkamov styuardessalar o‘zbek tilida ravon gapirishni o‘rganishi uchun maxsus kurslar tashkil qilinganini ma’lum qildi.
Bugun, 28 aprel kuni «Uzbekistan Airways» va «Uzbekistan Airports» AJning kelgusi rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda styuardessalarning o‘zbek tilida yaxshi gapira olmasligi tanqid qilindi.
Jurnalistlarning o‘zbek milliy aviakompaniyasida faoliyat olib borayotgan styuardessalarga o‘zbek tilida ravon gapira olish talabi qo‘yilishi borasidagi savoliga transport vaziri hamda «Uzbekistan Airways» AJ boshqaruv raisi Ilhom Mahkamov javob berdi.
«Albatta, bu o‘rinli savol. Albatta, bu narsa qo‘yilgan. Mavjud bo‘lgan bort kuzatuvchilarimizning hammasi o‘zbek tilini bilmagani sabab ularni almashtirib yubormaslik uchun biz ularga adabiy tilda chiroyli nutq so‘zlash imkoniyatiga ega bo‘ladigan kurslarni tashkil qilganmiz. Albatta, styuardessalarga qo‘yiladigan talablardan bittasi shu bo‘ladi», — dedi u.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
18:26 / 03.06.2026
Yil oxirigacha Buxoro-Urganch-Xiva yo‘nalishida zamonaviy elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi – transport vaziri
23:25 / 12.11.2025
“Markaziy Osiyoda yagona raqamli platforma yaratishga kelishdik” – transport vaziri
12:23 / 31.10.2025