Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanqiddan so‘ng: hazorasplik fermerlarning yerlari qaytarildi
Xorazm viloyati, Hazorasp tumanida qalbaki hujjatlar asosida yerlari olib qo‘yilgan fermerlarning ishi ijobiy hal bo‘ldi.
Foto: KUN.UZ
Tuman hokimligi ma'lumotiga ko‘ra, 2021 yil 22 apreldagi 746q-sonli qarorga asosan «Aziza Charosxon» fermer xo‘jaligiga, 747q-sonli qaror bilan «Javohir Mohinur Charos» fermer xo‘jaligiga, 748q-sonli qaror bilan «Sadoqat Sarvara» fermer xo‘jaligiga va 749q-sonli qaror bilan «Sherzod Aminboy Alisher Azizbek» fermer xo‘jaligiga yerlar qaytarib berildi.
Avvalroq, 4ta fermer xo‘jaligi yerlari soxta hujjatlar asosida hokimlik tomonidan zaxiraga qaytarilgani, bunda jinoyat sodir qilingani huquq-tartibot idoralari tomonidan tasdiqlangani, sud hokimlik qarorlarini bekor qilgan bo‘lsa-da, fermerlarning yerlari qaytarib berilmayotgani haqida tanqidiy maqola e'lon qilgan edik.
Mavzuga oid
16:58 / 22.05.2026
Xorazm viloyatining ikki tumanida hokim o‘zgardi
08:33 / 19.05.2026
Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar qo‘lga olindi
11:11 / 15.04.2026
Foto: Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi kuchli shamol oqibatlari
10:47 / 27.02.2026