Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida erkin bojxona zonasi tashkil etiladi
Prezident “Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
“Uzbekistan Airways” AJ Davlat bojxona qo‘mitasi va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda uch oy muddatda Toshkent shahri, Sergeli tumani, Uchuvchilar shaharchasida joylashgan “Uzbekistan Airways Technics” MChJ hududida (maydoni 39 ga) erkin bojxona zonasini tashkil etadi.
Belgilab qo‘yilishicha, erkin bojxona zonasida:
- xalqaro huquqiy va texnik me'yorlarga muvofiq barcha xorijiy havo kemalari va ularning alohida agregatlarini ta'mirlash uchun zarur bo‘lgan aviatexnika ehtiyot qismlari erkin almashtiriladi;
- mahalliy aviakompaniyalarning havo kemalarini hamda ularning qism va agregatlarini ta'mirlashga zarur bo‘lgan aviatexnika ehtiyot qismlari erkin bojxona zonasi chegarasidan chiqmagan holda xarid qilinib, “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan holda foydalaniladi;
- ushbu bojxona zonasiga chetdan keltiriladigan aviatexnika ehtiyot qismlari “erkin bojxona zonasi” bojxona rejimiga rasmiylashtirish orqali joylashtiriladi hamda istisno tariqasida, sertifikatlar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talab etilmaydi;
- ta'mirlash maqsadida erkin bojxona zonasiga olib kiriladigan havo kemalarining (shu jumladan, ularning qism va agregatlari) kirib-chiqishida bojxona nazorati ularni tegishli bojxona rejimlariga rasmiylashtirmagan holda amalga oshiriladi.
Transport vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank bilan birgalikda uch oy muddatda erkin bojxona zonasi hududiga tovarlarni olib kirish, olib chiqish, havo kemalarini ta'mirlashda foydalanish, ularni tegishli rejimlarga rasmiylashtirish, ushbu tovarlar va xizmatlar uchun valuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
08:50 / 17.06.2026
Kelajak aviatsiyasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan 7 ta samolyot
21:34 / 13.06.2026