Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mehr-5» operatsiyasida 93 nafar o‘zbekistonlik Suriyadagi lagerdan olib kelindi
Suriyadagi urush nuqtalariga borib qolgan, «Al-Hol» lagerida 3 yildan ko‘proq vaqt davomida ushlab turilgan 24 nafar ayol va 69 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ular orasida ota-onasidan ayrilgan 7 nafar o‘g‘il-qiz ham bor.
Ular 30 aprel kuni, O‘zbekiston hukumatining «Mehr» seriyasidagi beshinchi maxsus operatsiyasi davomida vatanga olib kelindi.
«Taqdirning achchiq qismatiga duch kelgan bu yurtdoshlarimiz yashash uchun zarur bo‘ladigan eng oddiy sharoitlardan mahrum holatda hayot kechirishga majbur bo‘lgan.
O‘z vataniga qaytarilgan ayollar va bolalar Toshkent viloyatidagi «Bo‘ston» sanatoriysiga joylashtiriladi hamda ularga zarur tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi», – deyiladi Tashqi ishlar vazirligi axborotida.
Qayd etilishicha, Ramazon oyidagi operatsiya AQSh hukumati, boshqa davlatlar va Suriyadagi mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish idoralari ko‘magida o‘tkazilgan.
Bunga qadar to‘rt marta o‘tkazilgan «Mehr» operatsiyalari doirasida Suriya, Iroq va Afg‘onistonda og‘ir ahvolga tushib, chorasiz qolgan jami 438 nafar ayollar va bolalar olib kelingan edi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026