Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda IShID rahbarlaridan biri qo‘lga olindi
Qo‘lga olingan Abu Ali al-Jamiliy IShID boshqaruvida Al-Faluja gubernatori deb hisoblangan. U uzoq vaqt davomida qidiruvda bo‘lgan.
Foto: Reuters
Iroq IIV huzuridagi axborot va qidiruv milliy agentligi xodimlari IShID guruhiga kiruvchi otryadlardan birining rahbarini qo‘lga oldi. Bu haqda Al Sumaria telekanali xabar berdi.
Xabar qilinishicha, qo‘lga olingan Abu Ali al-Jamiliy IShID boshqaruvida Al-Faluja gubernatori deb hisoblangan. U uzoq vaqt davomida qidiruvda bo‘lgan. Iroq maxsus xizmatining ma'lumotlariga ko‘ra, u 2005 yilda "Al-Qoida" terrorchi tashkilotiga qo‘shilgan va qo‘lga olinib, 15 yilga qamalgan, ammo 2011 yilda ozodlikka chiqarilgan.
Shundan so‘ng al-Jamiliy IShID otryadlarini tashkil etishda qatnashgan, bir oz vaqt Suriyadagi janglarda qatnashgan. Keyin esa Iroqqa qaytib, dastlab "Mosul gubernatori o‘rinbosari", so‘ngra "Al-Faluja gubernatori" bo‘lgan.
Iroq IIVning bildirishicha, al-Jamiliy o‘nlab teraktlarni amalga oshirganligiga iqror bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026